Запрос пользователя6.(Q – 2,8). G‘afur G‘ulomning “Vaqt” she’riga oid fikr keltirilgan javobni aniqlang.
A) Ko‘p umrini chet elda o‘tkazayotgan insonlar o‘z ona yurtida o‘tkazgan vaqtlarini
qo‘msashlari hayotiy misollar bilan dalillangan.
B) Shoir tarixda qolish uchun mudhish ish qilganlar haqida gapirib o‘tar ekan, Diana
ibodatxonasiga o‘t qo‘yib yuborgan Gerostrat nomini tilga oladi.
C) Vaqt suvdek o‘tib ketishi, inson qanchalik harakat qilmasin, vaqtga tenglasha olmasligi,
doim undan ortda qolishi haqidagi fikrlar mavjud.
D) She’rda ko‘lankaning o‘rik bilan u bodroq-bodroq gullagan paytda do‘st tutingani,
biroq bulutli kunda yo‘qolib qolganligi ifoda etilgan.
7.(Q – 2,8). G‘afur G‘ulomning “Sog‘inish” she’riga oid ma’lumot berilgan javobni
aniqlang.
A) She’rda Vatan himoyasiga otlangan mard o‘g‘lonning dushman bayrog‘ini mahv etib
o‘lishi tasvirlangan.
B) Ko‘hna qabr boshlaridagi maysalarni qoplagan shudringlarni kimlarningdir ko‘z
yoshlariga qiyos etar ekan “Maysadagi shudringlar kimlarning ko‘z yoshlari” misralarini
bitadi.
C) Ona Vatanni “Balxda dorga osilgan” Mashrabga, “shoh yonida faqirni duo qilgan”
Navoiyga, “ko‘ringan meniki deb da’vo qilgan” Yassaviyga qiyos etadi.
D) She’rda najot so‘rab to quyoshga qadar zorlangan otaga Bedil mutolaasi abadiy
haqiqatlardan, o‘lmas va yuksak tuyg‘ulardan saboq berishi, otaning “loyqa xayolotlar”ini
chashmaday tindirishi ifodalangan.
8.(Q – 2,8). G‘afur G‘ulomning “Bilib qo‘yki, seni vatan kutadi” she’riga oid ma’lumot
berilgan javobni aniqlang.
A) Shoirning ona yurtdan tuygan mehri xuddi singilning, onaning mehridek iliq. U bir aka
bo‘lib, bir o‘g‘il bo‘lib bu mehrga javob bergisi keladi.
B) Vatan himoyasi uchun otlangan shoir Alpomishga navkar bo‘lishga, Ulug‘bekni
o‘limdan saqlab qolishga tayyor ekanligini aytib o‘tar ekan, “Padarkushdan pana qilib
Ulug‘beging quchgayman” deya xitob qiladi.
C) Shoir har bir kasb uchun bir muhim fan bor ekanligini, injenerlar uchun matematikaning
naqadar kerakligini aytib, shu fikrlarni ifodalaydi: “Jabrda masala qo‘sh muammodir, Xuddi
shunda ulug‘ qurilish jodir”
D) Vatanga muhabbati cheksiz ekanligini ifodalab, Vatanni tomirlardagi qonga, jonlarning
jononiga qiyoslaydi, vatan chaqirig‘iga doim shay ekanligini eslatib o‘tadi.
(только правильные ответы)