Сверь числа и знаки с фото.
3-topshiriq. Javoblar mazmunidan kelib chiqib savollar tuzing. ... ... ... ? Mehnat mahsuli va ularning bunyodkorlari bo'lgan mehnatkashlarni qadrlashimiz kerak. ... ... ... ? Ona yerdan unayotgan noz-ne'matlar kishilar mehnatining samarasidir. [обрезано]
4-mashq. Nuqtalar o'rniga fe'l-kesimlarni qo'yib ko'chiring, ular qaysi so'z turkumi bilan ifodalanganligini ayting.
- Bolalar katta archa yonida ... .
- Keksa bog'bon ko'm-ko'k ... .
- Mo'tabar eshikni sekin yopib ... .
- Atlas to'qish Marg'ilonda juda qadimdan rivojlangan, boshqa joylarga shu yerdan ... .
- Atlasdan ayollar liboslari, ko'rpa, ko'rpachalar va boshqa buyumlar ... .
- O'zbekistonda ko'mirni sanoat usulida qazib olish 1930-yillar oxirida ... . Foydalanish uchun so'zlar: boshlangan, chiqib ketdi, to'xtadilar, chiqardi, tarqalgan, tayyorlanadi. 4-topshiriq. Matnni o'qing. Ajratilgan so'z va so'z birikmalari ishtirokida gaplar tuzing. Mehnat mahsuli va ularning bunyodkorlari bo'lgan mehnatkashlarni qadrlashimiz darkor. Har birimiz yoshligimizdan anglamog'imiz va ulg'ayib bu mehnatga ongli ravishda o'z hissamizni qo'shmog'imiz zarur. Daraxtning soya-salqinida yotgan inson, jaziramada mehnat qilib meva yetkazgan bog'bonning qadrini bilmaydi. „Mehnat baxt keltirar“ degan naql bejiz aytilmagan. Har kim o'z mehnati bilan xalq olqishiga sazovor bo'ladi. Inson o'zining halol mehnati orqali baxtga erishadi.
- 3-topshiriq:
- Kimlarni qadrlashimiz kerak?
- Ona yerdan unayotgan noz-ne'matlar nima?
4-mashq:
to'xtadilar
chiqardi
chiqib ketdi
tarqalgan
tayyorlanadi
boshlangan (Barchasi fe'l so'z turkumi bilan ifodalangan).
4-topshiriq:
Biz mehnatkashlarni qadrlashimiz darkor.
Vatan ravnaqiga o'z hissamizni qo'shmog'imiz zarur.
Mehnat insonni ulug'laydi.
U halol mehnati bilan xalq olqishiga sazovor bo'ldi.